Get Mystery Box with random crypto!

AGAR SIZGA HECh NARSANI UDDALAY OLMASLIGINGIZNI AYTISHSA, QUYI | Yordamchi psixolog

AGAR SIZGA HECh NARSANI UDDALAY OLMASLIGINGIZNI AYTISHSA, QUYIDAGI FAKTLARNI YODGA OLING:

Uolt Disney yangi gʻoyalar oʻylab topa olmagani uchun gazetadan ishdan haydalgan.

Betxovenning boshlangʻich oʻqituvchisi uni butunlay qobiliyatsiz deb hisoblagan.

Edisonning ustozi uni aqlsiz va hech narsani oʻrgana olmaydi, degan ekan.

Eynshteyn 4 yoshgacha gapirmagan. Oʻqituvchisi uning aqliy salohiyati ortda qolgan, deb ta’kidlagan.

Buyuk haykaltarosh Rodenning otasi: "Mening oʻgʻlim ahmoq. U uch safar ham san’at maktabiga oʻqishga kira olmadi", degan ekan.

Mendeleyev ximiyadan" 3" bahoga oʻqigan.

Radioni oʻylab topgan Marko doʻstlariga ovozni masofadan turib havoda yetkazib beraman, deganida hamma uni aqldan ozgan, deb psixiatrga borishi kerakligini aytgan. Lekin bir necha oydan soʻng uning radiosi koʻpchilik dengizchilar hayotini saqlab qolgan.
@yordamchi_psixolog