Get Mystery Box with random crypto!

TEST Ushbu test orqali, biron bir ishga qabul qilishingizda o | Yordamchi psixolog

TEST

Ushbu test orqali, biron bir ishga qabul qilishingizda odatlaringiz va shaxsiy hususiyatlaringizni qanchalik ahamiyatli ekanligini bilib olishingiz mumkin:

Tasavvur qiling, sizni biron bir ishga qabul qilishmokchi, oldingizdagi muhim vazifa shundaki, siz ishga oluvchi mutaxassis bilan maxsus suhbat oborishingiz kerak. Bu suhbat sizni ishga olinishingiz yeki olinmasligingizni xal qiladi.

Suhbat xonasiga kirganingizda, siz oʻtirishingiz kerak boʻlgan kursini yoʻqligini sezib qoldingiz.

Bunaqa holatda oʻzingizni qanday tutardingiz?

Variantlardan birini tanlang:
A. Tik holda davom etasiz.
B. Oʻtirishga kursi soʻraysiz.
V. Oʻzingiz uchun oʻtirishga kursi topib kelasiz.
G. Ishxona hodimlaridan sizga kursi topilishi mumkinmiligini soʻraysiz.
D. Oʻzingizni kursida oʻtirgandek tutasiz.

Test analizi:
Ana endi siz tanlagan variantlar javobi nimani anglatishini koʻrib chiqamiz:

A. Siz bu holatni boricha qabul qilasiz, chunki sizni ishga olishda rad javobini berishlaridan qoʻrqasiz.

B. Siz kursi olib kelishlarini soʻrashga yeki uni topib kelishlarini surashga tayyersiz, lekin sizdagi initsiativlarni yetishmasligi muammoni oʻzingiz hal qilolmasligingizga oboradi.

V. Siz birovdan soʻrab oʻtirmasdan kursini darxol oʻzingiz topib kelishga tayyersiz va bu bilan oʻzingizdagi bu initsiativ maqtovlarga loyiq ammo shu bilan birga boshqalar fikri bilan kelishib olmasdan chiqargan bu qaroringiz atrofdagilar yonida sizni qaysar va hamkorlik qilolmaydigan inson sifatida qabul qilishlariga olib kelishi mumkin.

G. Agar siz oʻzingizga kursi topib berishlarini soʻragan boʻlsangiz, demak siz oʻz hurmatini biladigan atrofdagilarni fikrini inobatga oluvchi hamkor sifatida tasavvur qoldirasiz.

D. Sizni kirishimli, kerakli hodim sifatida qabul qilishadi
@yordamchi_psixolog