Get Mystery Box with random crypto!

Dengizda bir bolaning poyabzali yoʻqoldi, bola sohilga 'Bu den | Yordamchi psixolog

Dengizda bir bolaning poyabzali yoʻqoldi, bola sohilga "Bu dengiz oʻgʻri" deb yozdi.

Undan uncha uzoq boʻlmagan joyda bir ovchi bor edi, u koʻp baliq ovladi, shuning uchun sohilga "Bu dengiz saxiy" deb yozdi.

Bir yigit dengizda choʻkib ketdi, onasi sohilga "Bu dengiz qotil" deb yozdi.

Bir chol dengizdan marvarid ovladi, sohilga "Bu dengiz joʻmard" deb yozdi.

Soʻng baland toʻlqin kelib sohildagi hamma yozuvni yuvib ketdi.

Hayot esa kelgan joyidan davom etaverdi.

Shuning uchun odamlar aytadigan hamma gap bilan ham miyangizni band qilavermang. Chunki koʻpchilik faqat zehniga kelgan narsani gapiradi.

Birodarlik davom etishi uchun xatoni oʻchiring.

Yomonlikka duch kelsangiz, unga kuchli raddiya bildirishni emas, chiroyli raddiya bildirishni yoki raddiya bildirmaslikni oʻylang.

Odamlarga, ularning yomon axloqidan emas, balki oʻzingizning chiroyli axloqingizdan kelib chiqib muomala qiling.

Sizdan keyin ham uzoq yashaydigan yagona narsangiz — axloqingizdir.

Dunyodan istaganingizcha qoʻlga kiriting, lekin dunyodan avval qanday kelgan boʻlsangiz, shundoq chiqib ketasiz.

Ne’matga gʻarq boʻlib turganingizda muhtoj kishilarni unutmang.

Sadaqa qiling, baribir, kafanning hamyoni boʻlmaydi.

Alloh taolo qayerda boʻlsangiz ham sizlarni va bizlarni baxtli qilsin!
@yordamchi_psixolog