Get Mystery Box with random crypto!

Mayli... menga go'zal qasr kerakmas! Chiroyli liboslar ham... | Yo'qlik.

Mayli... menga go'zal qasr kerakmas!
Chiroyli liboslar ham...
Zo'r sharoitlar ham...
Har kuni hadyalar kutmayman!
Sayr-u sayohat ham istamayman!
Yuksak hurmat yoki e'zoz ham talab etmayman!
Sen ila barg yeb kun kechirishga ham, qayta-qayta tikilgan eski liboslar kiyishga ham, joynamozdan boshqa narsa sig'mas kulbada yashashga ham — bariga roziman...

Faqat... faqatgina, iltimos... menga Robbimni sevishni o'rgat, qo'llarimdan tutib Uning Vasli tomon yetakla... toki bu yo'ldan adashmay... har zarram ila bandalik qilishni o'rgatgin, menga, ey yor


#aytilmagan_izhorlar
#halolimga

@yoqlik