Get Mystery Box with random crypto!

Sen esa namozni ega boʻlishni xohlaganlaringni soʻrash uchun, | Random thoughts🖇

Sen esa namozni ega boʻlishni xohlaganlaringni soʻrash uchun, boshinga muammo tushganida yordam tilash uchun oʻqiladigan narsa deb oʻylading. Adashding, qattiq adashding, nafsim. Namoz aslida istaganlaringga erishish uchun sen egadigan bosh emas, balki in'om etilganlar uchun sen qilishing kerak boʻlgan shukrdir...

— Onur Qoplon "Alfido" asaridan.

Ps. Bugun kitoblarimni tartiblayotib, "Alfido"ga ko'zim tushdi. Kitobni bir yaxshi inson, do'stim hadya qilgandilar, Alloh rozi bo'lsin. Olgan kunimdayoq o'qib tugatgandim. Bugun yana bir marta o'qib chiqdim. Aslida umuman boshqa kitob o'qiyotgandim, lirik chekinish bo'ldi bugun)

Asarda har bir inson oʻzini koʻrgandek boʻladi, goʻyo... Juda hayotiy, qalbdan yozilgan. Asar qahramoni bilan birga yigʻlaysiz, birga kuyinasiz, birga tavba qilasiz... Va anglaysizki, har bir ishning ortida Buyuk Robbimiz bor... U bizni ko'rguvchi, eshitguvchi, gunohlarimizni kechirguvchi...

O'qing qadrdonim, o'qing va o'qiganlarga yaqinlashing, suxbatlashing,
Umida Aziz aytganidek...