Get Mystery Box with random crypto!

YO'L-YO'LAKAY

Telegram kanalining logotibi yolyolakayuz — YO'L-YO'LAKAY Y
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тошкент
Эълон
Telegram kanalining logotibi yolyolakayuz — YO'L-YO'LAKAY
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тошкент
Эълон
Kanal manzili: @yolyolakayuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 414.73K
Kanalning ta’rifi

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 324

2023-01-16 11:10:06
Sovuq ob-havo tufayli Qirg‘izistonda joylashgan Issiqko‘l sirti muzlab qoldi.

@YOL_YOLAKAY
46.8K views08:10
Ochish/sharhlash
2023-01-16 10:56:57


Joriy yilning 15-yanvar kuni soat 14:50 da Xovos tumani “Qahramon” MFYda joylashgan 2 qavatli binoning 1-qavatida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida 2 ta xonadonning qurilish konstruksiyalariga shikast yetgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etgan, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Holat haqida xabar topgan viloyat hokimi hamda tegishli mas’ullar ham voqea joyiga yetib bordi va vaziyat toʻliq nazoratga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

@YOL_YOLAKAY
56.6K views07:56
Ochish/sharhlash
2023-01-16 10:27:19
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning ishdan olinishi.

“Qish mavsumiga lozim tarzda tayyorgarlik koʻrmagani uchun Ortiqxoʻjayevni ishdan oldim. Kechasi shtabda men uni ishdan oldim. Quruq gap, yolgʻon hisobot bilan, pastga tushmagani uchun, noinsof, oyogʻi yerdan uzilgani uchun ishdan oldim” – Shavkat Mirziyoyev.

@YOL_YOLAKAY
73.6K views07:27
Ochish/sharhlash
2023-01-16 10:07:56
Ortiqxoʻjayevning faoliyatini DXX va Bosh prokuratura tekshiradi.

DXX va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganish va qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda, qat’iy javobgarlikka tortish topshirilgan.

@YOL_YOLAKAY
75.6K views07:07
Ochish/sharhlash
2023-01-16 09:54:14
“Hamma rahbarlar shuni his etishi kerak: endi bunday davom etishi mumkin emas”.

“Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan oʻtkazayapman” – Shavkat Mirziyoyev.

@YOL_YOLAKAY
75.9K views06:54
Ochish/sharhlash
2023-01-16 09:34:45
Har bir dehqon bozorida sharoitlarni yaxshilash va narx-navo tartibga solish, yirik korxonalar, ijtimoiy obyektlar rahbarlari xodimlarini uyushgan holda ishga olib kelishga avtobus qatnovlarini tashkil etish vazifasi qoʻyildi.

Umuman, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini oʻrganish va qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda, qatʼiy javobgarlikka tortish topshirildi.

Yigʻilish yakunlandi!

@YOL_YOLAKAY
78.2K views06:34
Ochish/sharhlash
2023-01-16 09:16:33 Oʻzbekistonga Singapurdan $4,7 mlrd qoʻshimcha investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan.

@YOL_YOLAKAY
78.4K views06:16
Ochish/sharhlash
2023-01-16 09:10:47
Prezident energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvolni inobatga olib Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartirilishini taʼkidladi.

@YOL_YOLAKAY
76.4K views06:10
Ochish/sharhlash
2023-01-16 09:05:06
SpaceX kompaniyasining Oy va Mars, shuningdek Yerda gipersonik parvozlar qilish uchun moʻljallangan kosmik port loyihasi.

Bu raketalar Yer sharining istalgan nuqtasiga bir soat ichida borishga imkon beradi.

@YOL_YOLAKAY
77.8K views06:05
Ochish/sharhlash
2023-01-16 08:51:17
DXX va Bosh prokuraturaga tizimdagi korrupsiyani yoʻq qilish boʻyicha alohida choralar koʻrish topshirildi

“Elektr va gaz tarmoqlarida talon-torojlik boʻlganini tuman hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz idoralari boshliqlari bilmasmidi?”, — deya savol qoʻydi davlat rahbari.

@YOL_YOLAKAY
80.7K views05:51
Ochish/sharhlash