Get Mystery Box with random crypto!

Niderlandiyada samolyot dvigateli bir odamni maydalab tashladi | YO'L-YO'LAKAY

Niderlandiyada samolyot dvigateli bir odamni maydalab tashladi

Amsterdamdagi “Sxiphol” aeroportida ishlab turgan dvigatelga odam ilinib qolishi natijasida fojia yuz berdi. Mahalliy matbuot xabariga koʻra, KLM Cityhopper aviakompaniyasiga tegishli samolyot dvigateli fuqarorni ilib qolgan va uni mayda-mayda boʻlaklarga boʻlib tashlagan.

Ayrim manbalarda halok boʻlgan shaxs aeroport ishchisi boʻlgani aytilayotgan boʻlsa, ayrim manbalarda oddiy yoʻlovchi adashib dvigatel yoniga kelib qolganini yozishmoqda.

@YOL_YOLAKAY