Get Mystery Box with random crypto!

Qalbim, senga ne bo'ldi axir Rasulimga oshiq tunlaring qani.. | MENING YOLG'IZIM 🖤 RASMIY KANAL!

Qalbim, senga ne bo'ldi axir
Rasulimga oshiq tunlaring qani..
Haqoratlamoqda ularni fosiq-u kofir
Sen o'zingni maqtagan so'zlaring qani?

Qalbim, nega jimsan axir ayt
Shunchalar jimsan-ki o'zim qoldim lol..
Iltimos, tezroq o'z holingga qayt
O'zingga shu on bir boq razm sol..

Qalbim, mening notavon qalbim
Bir og'iz so'z aytmasang qanday qalb bo'lding?
Shu kunlarda juda o'ylanib qoldim
Rasulim uchun men o'zi na qildim..

"Ummatim" deya to'kkan yoshlari
Ularga otilgan tana toshlari,
Bizga fido qilgan har bir kunlari
Ayt qalbim, ado qildingmi bari?

Allohim, qalbimni O'zing isloh qil,
Hamon sog'inchdan qiynalar bu dil,
Taqvo bilan o'rab jismimni
Meni Rasulullohning mos "Ummati" qil..

@Samolardan_Balandda