Get Mystery Box with random crypto!

Qanday yashay ayt bu dard bilan, Ko’zlar seni izlayveradi. Bir | MENING YOLG'IZIM 🖤 RASMIY KANAL!

Qanday yashay ayt bu dard bilan,
Ko’zlar seni izlayveradi.
Bir so’z demay ketganing bilan,
Yurak seni so’rayveradi.

Go’yo kuzgi daraxtman bexol,
Barglarimni uchurar shamol,
Azoblardan qutqar jonim ol,
Yurak seni so’rayveradi.

O’zgaga dil berolmasam men,
Baxtli inson bo’lolmasam men,
Dunyo uzra bittamiding sen,
Yurak seni so’rayveradi.

Bir kulishing dardga davoda,
Tengsiz eding ibo hayoda,
Tag’dir ekan bir kam dunyoda,
Yurak seni so’rayveradi.

Mexrga zor mayus ko’zlarim,
Bir boqishing qo’msayveradi.
Ming uzatsam yetmas qo’llarim,
Yurak seni so’rayveradi .

@Samolardan_Balandda