Get Mystery Box with random crypto!

• Moʻminning hayoti imtihonsiz boʻlmaydi. • Imtihonning lazzat | YOLG'IZIM 🖤| Rasmiy kanal!

• Moʻminning hayoti imtihonsiz boʻlmaydi.
• Imtihonning lazzati esa sabr bilan totiladi.
• Haqiqiy sabr Alloh taolodan rozi boʻlishdadir.
• Hayot mashaqqatlari bir kun albatta nihoyasiga yetadi.
• Jannat bokira-suluv kelinchakka oʻxshaydi.
• Uning mahri nafsinga qarshi turishingda.
• Barchamiz jannat oshiqlarimiz.
• Qaysi kuyov suluv bokira kelinchakka oshiq boʻlmaydi deysan?!
• Jannat uchun harakat qil!
• Bu yoʻldagi oniy mashaqqatlarga sabr et!
• Dunyoning manhaji toʻrttadir:
- Orzu;
- Alam;
- Sabr;
- Ajr.
• ORZUga yetishda ALAM tortishing bor:
• Tortgan ALAMING uchun sabr qilishing shart;
• Sabring Alloh uchun boʻlsa AJR olishing aniq!
• Jannatga marhabo!-, degan nidoni eshitmaguninga qadar oliy orzularingdan hargiz voz kechma!
• Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- Ogoh boʻlki, Allohning matosi qimmatdir!
- Ogoh boʻlki, Allohning matosi jannatdir!-, deganlar.
Imom Termiziy hasan sanad bilan rivoyat qilgan.


@Samolardan_Balandda