Get Mystery Box with random crypto!

Allohning eshigida sabr qilsa... Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh | YOLG'IZIM 🖤| Rasmiy kanal!

Allohning eshigida sabr qilsa...

Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh dedilar:
- “Men sabrni yosh boladan oʻrgandim. Bir safar masjidga ketayotgandim, uyining ichida bolasini urayotgan ayolni topdim. Oʻgʻli qichqirib eshikni ochib qochdi. Ona uni orqasidan eshikni qulflab qoʻydi. Qaytib ketayotganimda, qaradim. Bola onasini rahmini keltirib ozgina yigʻlagandan keyin eshik ostonasida uxlab qolganiga duch keldim. Onaning koʻngli yumshab unga eshikni ochdi”.
Fuzayl rohimahulloh bu gaplarni ayta turib soqollari koʻz yoshlaridan hoʻl boʻlib ketdi. Soʻng:
- “Subhanalloh, banda agar Alloh azza va jall ning eshigida sabr qilsa (noumid boʻlmay, duo qilib soʻrasa), albatta Alloh unga eshigini ochadi” - dedilar.
Abu Dardo roziyallohu anhu dedilar:
- “Duoda jiddu - jahd qilinglar. Kim eshikni koʻp taqillataversa, albatta, tez fursatda unga ochiladi..!”


@Samolardan_Balandda