Get Mystery Box with random crypto!

Hamma narsa oʻz yoʻlida ketayotganida, toʻsatdan eng ishongan | ➢ ⓨⓞⓛⓖⓘⓩⓖⓘⓝⓐⓜ|

Hamma narsa oʻz yoʻlida ketayotganida, toʻsatdan eng ishongan kishing ishonchingni poymol qiladi. Insonni eng koʻp qiynaydigan narsa mana shu.
Sen — oʻzingdek boʻl. Seni ichingdagi mayda zarralaringgacha xafa qilib, ranjitganlarga qarshi xuddi ulardek muomalada boʻlma. Ularga bunday imkoniyatni berma. Nafrat ham bir tuygʻudir - uni hammaga ham sarflama! Arzimas insonlar uchun, hatto nafrat tuygʻuyingni ham zoye ketkazma.
 Senga qilinganlarni unut, demayman. Zotan buning imkoni yoʻq. Bor- yoʻgʻi oʻzingni unutgandek koʻrsat va kechir.
Bu seni pastga urmaydi, aksincha, yuksakka chiqaradi. Chunki sen, senga dardi va pushaymonliklari bilan kelgan insonni kechirib yuboradigan darajada bagʻrikeng va muruvvatlisan! Chunki sen ular kabi emassan. Chunki sen hamma qatori emassan. Chunki sen sensan va sening ulardan eng katta farqing shunda!