Get Mystery Box with random crypto!

Mana shunday oliftalarni ko’rsam ko’nglim ayniydi. Birinchidan | Yo'ldagi fikrlar

Mana shunday oliftalarni ko’rsam ko’nglim ayniydi.
Birinchidan, mashina o’ziniki emas, to’y korteji uchun 2 soatga 200 ming so’mga ijaraga gaplashilgan.
Sochayotgan pullari ham haqiqiy emas, 20 ming so’mga dollarni rangli printerdan chiqarib olishgan xolos.
Ishonamanki, Agar o’zlari mehnat qilib, pul topganda edi, 1000 so’m pulniyam shunchaki tashlab yuborishga ko’zi qiymasdi.

Bizda hamma yasama pont, o’zini boy ko’rsatish, boshqalardan ustunligini isbotlashga harakat qilayotgandek tuyuladi. Hech kim o’zini hayotida yashamayotgandek go’yo. To’y qilishadi, odamlarga ovoza qilish uchun, boshqalardan zo’rroq ekanligini kam emasligini isbotlash uchun. Mashina olishadi, qimmat kiyimlar kiyishadi yana o’sha sabab bilan.

Hattoki, kitobni ham birovlarga maqtanish uchun o’qishadi, tipa men hammadan ko’p kitob o’qiyman, men hammadan aqlliman degandek, o’qiyotgan kitobini ustini ko’rsang eng kamida Robin sharmani kitobi yoki oq yoki qizil atirgul kitobi bo’ladi…