Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Mirzo Ulugʻbek tumanida “Spark” r | YO'L-YO'LAKAY

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Mirzo Ulugʻbek tumanida “Spark” rusumli avtomobilda yuzaga kelgan yongʻin boʻyicha maʼlumot.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2021-yil 7-dekabr kuni soat 19:40 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, KXAY koʻchasida haydovchi, 1990-yilda tugʻilgan J.M. “Spark” rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl chetidagi ustunga urilgan. Zarb oqibatida avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.

@YOL_YOLAKAY