Get Mystery Box with random crypto!

Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomobilda | YO'L-YO'LAKAY

Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi.

Bugun 1-dekabr kuni soat 09:10da Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Beruniy ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:13da yetib borib, 09:14da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

@YOL_YOLAKAY