Get Mystery Box with random crypto!

Tamaki mahsulotlari bo'yicha mutaxassislar O'zbekistonda veyp | YO'L-YO'LAKAY

Tamaki mahsulotlari bo'yicha mutaxassislar O'zbekistonda veyp va qizdiriladigan tamakini taqiqlash to'g'risidagi qonunga qarshi chiqdilar

17 aprel kuni konferensiya davomida "Tamakisoz" uyushmasi, tamaki mahsulotlarining yirik importchilari va ishlab chiqaruvchilari elektron sigaretalar va veyplarni taqiqlash o'rniga sigaretaga qaraganda zarari kamroq bo'lgan bu alternativlar importi, ishlab chiqarilishi va savdo aylanmasini davlat tomonidan tartibga solish kerakligi haqida gapirishdi.

Sanoat vakillari qonunni joriy etishga qarshi ekanliklarini aytib, boshqa mamlakatlarda bu taqiq bir necha ming ish o'rinlari yo'qotilishiga, noqonuniy bozorning o'sishiga, sifatsiz mahsulotlar sotilishiga, shuningdek, zararli mahsulot - sigaretadan voz kechmoqchi bo'lgan chekuvchilar uchun alternativdan mahrum bo'lishiga olib keladi deb aytishdi.