Get Mystery Box with random crypto!

Viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilga | YO'L-YO'LAKAY

Viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax shahri Qaliya MFYda o‘z xonadonida noqonuniy mayning ferma tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi. U uyining tom qismida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib faoliyat olib borgan. Natijada, “O‘zenergoinpeksiya” Jizzax hududiy boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, davlatga jami 280 800 000 so‘m zarar yetkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro M.M ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Noqonuniy faoliyat uchun foydalanilgan barcha jihozlar musodara qilingan.