Get Mystery Box with random crypto!

Quyosh chaqnashidan hosil bo‘lgan quyosh shamoli (plazma) yerg | YO'L-YO'LAKAY

Quyosh chaqnashidan hosil bo‘lgan quyosh shamoli (plazma) yerga urildi.

Tunda 4-darajali magnit bo‘roni sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko’ra, yer yaqinidagi quyosh shamolining tezligi deyarli 2 barobarga tezlashgan — bu taxminan 800 km/sek. Yerni o‘rab turgan plazma bulutining harorati taxminan 1 million daraja.

Quyosh moddasi kelishidan oldin yerni o‘rab turgan gazning harorati taxminan 100 ming Kelvin edi. Sun’iy yo‘ldoshlar sayyoralararo fazoda magnit maydonda juda kuchli o‘zgarishlarni qayd etgan, bu bulutlarning ichki tuzilishi juda ham murakkablashganini ko‘rsatadi.

Ayni paytda bo‘ronning davomiyligi uchun prognoz berish deyarli mumkin emas. Model hisob-kitoblariga ko‘ra, magnit bo‘roni faolligi keyingi kunlar xam saqlanadi. Ayni daqiqalarda Olmaota ionasfera instituti 4 ballik geomagnit bo‘roni qo‘zg‘alishlarini qayd etmoqda.

Bu safargi tungi bo‘ronning kuchi deyarli maksimal darajaga teng. 9 ballik 5—darajali kuchli geomagnit bo‘roni so‘nggi marta 2005 yil 11 sentyabrda, ya’ni bundan 20 yil oldin kuzatilgan.

@YOL_YOLAKAY