Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 19 iyul kuni o‘zbekistonlik sobiq MMA jangchisi Murod X | YO'L-YO'LAKAY

Bugun, 19 iyul kuni o‘zbekistonlik sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev Toshkent viloyatining Chorvoq yo‘lidagi katta trassada to‘satdan avtohalokatga uchrab, voqea joyida halok bo‘ldi.
Murod Xonto‘rayevning janozasi bugun soat 19:00 bo‘lib o‘tdi va uni “Yalong‘och-2” qabristoniga dafn qilinmoqda. Shuningdek, Xonto‘rayevning oldida kim bo‘lganligini qisman aniqladi
Aniqlanishicha, Chilonzor tumani 16-sonli tibbiyot birlashmasiga soat 17:30 larda olib kelingan. Hozirda Jasur ismli yigit neyroxirurgiya bo‘limida davolanmoqda, unda bosh chayqalishi va turli shikastlar aniqlangan.
Guvohlarning aytishicha, Xonto‘rayev boshqarayotgan mashina kamida 180-200 km/s tezlikda bo‘lgan va harakat davomida oldida bo‘lgan “Lacetti”dan yo‘l so‘ragan. “Lacetti” mashinasi yo‘l berishga ulgurmasdan BMW X5 uning chap tomonini sidirib, katta tezlik oqibatida yo‘l chetiga uchib chiqib ketgan.

@YOL_YOLAKAY