Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bir guruh fuqarola | YO'L-YO'LAKAY

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bir guruh fuqarolar elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlganligidan norozi boʻlib elektr taʼminoti korxonasiga borib, janjal koʻtarishganligi, bir nafar ayol kishi korxona xodimiga pichoq bilan tahdid qilganligi haqida videoxabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, ushbu hodisa Qashqadaryo viloyatida emas, Toshkent viloyatida sodir boʻlgan.

Xususan, joriy yilning 16-yanvar kuni Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasining dispecherlik punktida bir guruh aholi elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlganligidan norozilik bildirgan vaqtda, 35 yoshli ayol (V.N.) bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini koʻrgan Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasi elektr montyoriga qarshilik koʻrsatib, oʻzidagi oshxona pichogʻi bilan uni oʻldirish bilan qoʻrqitib, tahdid qilgan.

Mazkur holat boʻyicha Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan V.N. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

@YOL_YOLAKAY