Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi #Savdo Quyidagi turdagi tovarlarning koʻchma sav | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

#Bilasizmi #Savdo

Quyidagi turdagi tovarlarning koʻchma savdosi taqiqlanadi:

texnik jihatdan murakkab maishiy mahsulotlar;

tez buziladigan tovarlar (sovitkich yoki muzlatkich bilan jihozlangan hollar bundan mustasno);

yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar;

bolalar oziq-ovqat mahsulotlari;

hayvonlar, termik ishlov berilmagan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolar, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtamplari, oziqalar va ozuqabop qoʻshimchalar;

aksiz solinadigan tovarlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar;

hasharotlar va zararkunandalarni zaharlashda qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar va zaharlar;

diniy mazmundagi materiallar;

qonunchilik hujjatlari bilan koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi taqiqlangan tovarlar.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | YouTube | Sayt | Twitter