Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Vlad | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Vladimir Kim

Vladimir Kim Yevropa bozorida faoliyat yurituvchi bir qancha muvaffaqiyatli IT startaplarning asoschisi. “American University of Central Asia” universitetida tahsil olgan. 2003–2004-yillarda Yangi Zelandiyada magistraturani tamomlagan.

Haqiqiy tadbirkorlik tajribasi bilan tanishish uchun konsaltingda ishlagan. “Turli sohalarda ishlaganimdan keyin qaysi soha menga yaqinroq ekanini tushunmoqchi bo‘ldim. Avval o‘zimni telekommunikatsiya sohasida sinab ko‘rdim. Keyin Microsoft kompaniyasida ishladim. Bu yerda IT sohasida qolib, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishni xohlayotganimni angladim”, — deydi tadbirkor.

2013-yilda avstriyalik do‘stlari bilan “BlackFridaySALE” onlayn platformasini ishga tushirgan. 2016-yilda yangi dasturiy ta’minot loyihasi haqida o‘ylagan. Jamoa yig‘ilgach, “iDWELL” startapi ishga tushgan. Bugungi kunda “iDWELL” — bu boshqaruv kompaniyalarining barcha asosiy jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beruvchi dasturiy ta’minot hisoblanadi.

“Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, masxara qilinishdan qo‘rqmasdan g‘oyalarni taklif qiling va amalga oshiring, boshqalarning fikri haqida o‘ylamang. Jasorat muhim fazilatdir”, — deydi tadbirkor.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | YouTube | Sayt | Twitter