Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Jong | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Jong Shanshan

Jong Shanshan — 1954-yilda Chjeszyan provinsiyasi Xanchjou shahrida tug‘ilgan xitoylik tadbirkor, “Nongfu Spring” kompaniyasi asoschisi va direktorlar kengashi raisi, shuningdek, Pekindagi “Wantai Biological Pharmacy Enterprise” kompaniyasining asoschisi.

Madaniy inqilob davrida boshlang‘ich maktabni tashlab, qurilishda ish topgan. 1977-yilda Chjejiang radio va televideniye universitetiga o‘qishga kirgan. 1988-yilda biznesga kirishidan oldin “Zhejiang Daily” gazetasida jurnalist bo‘lib ishlagan. Keyin “Wahaha” ichimliklar kompaniyasida savdo agenti sifatida ishlagan va tibbiy qo‘shimchalarni sotgan.

1996-yilda suv kompaniyasiga asos solgan, keyinchalik u Nongfu Spring’ga aylangan. Jong rahbarligida kompaniya Xitoydagi eng yirik shisha suv ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, dunyodagi eng yirik ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biriga aylangan.

2020-yil oxirida “Forbes” Jongni Osiyodagi eng boy odami deb e’lon qilgan. 2021-yil yanvar oyida “Nongfu Spring” aksiyalari narxi oshib, uni Xitoyning eng boy odami va 95 milliard dollarlik boyligi bilan dunyodagi oltinchi eng boy odamga aylantirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | YouTube | Sayt | Twitter