Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 7-yanvar, Shanba. Grigoriy taqvimi bo | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!

Bugun 7-yanvar, Shanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 7-kuni.
Yil yakuniga 358 kun qoldi

BAYRAMLAR:

Xalqaro dasturchilar kuni
Armanistonda xotira kuni
Ganada Konstitutsiya kuni

VOQEALAR:

1610-yil — Galileo Galiley Yupiterning to‘rtta eng katta yo‘ldoshini kashf qildi.
1785-yil — fransiyalik Jan-Pyer Fransua Blanshar amerikalik Jon Jeffris bilan birga birinchi marta havo sharida La-Mansh bo‘ylab harakatlandi.
1965-yil — Indoneziya BMTdan chiqishini e’lon qildi.
1989-yil — Yaponiya valiahd shahzodasi Akixito yangi imperator deb e'lon qilindi.
1997-yil — “Umid” jamg‘armasi tashkil etildi.

TAVALLUDLAR:

1794-yil — Eylxard Misherlix — izomorfizm va dimorfizm hodisalarini kashf etgan nemis kimyogari.
1875-yil — Gustav Flatov — nemis gimnastikachisi, birinchi Olimpiadaning ikki karra chempioni.
1935-yil — Aleksandr Perov — rang-tasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi.
1941-yil — Hamid Karimov — patofiziolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
1982-yil — Iroda Toʻlaganova — tennischi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | YouTube | Sayt | Twitter