Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 27-may, Juma. Grigoriy taqvimi boʻyich | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 27-may, Juma.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 147-kuni.
Yil yakuniga 218 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Boliviyada onalar kuni
Sen-Martinda qullikni bekor qilish kuni
Qirg‘izistonda kutubxonalar kuni
Nigeriyada bolalar kuni
Nikaraguada Qurollik kuchlar kuni

VOQEALAR:

1795-yil — Rossiyada birinchi davlat ommaviy kutubxonasi tashkil etildi.
1895-yil — ingliz ixtirochisi Birt Akres kinoproyektorni patentladi.
1913-yil — Sankt-Peterburgda Sikorskiy tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi to‘rt dvigatelli “Rossiya ritsari” samolyoti birinchi parvoz sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.
1916-yil — AQSh prezidenti Vudro Vilson urushdan keyin Millatlar Ligasi tuzishga chaqirdi.
1921-yil — Afg‘oniston mustaqil davlatga aylandi.
1931-yil — dunyodagi birinchi odamning stratosfera shariga parvozi shveytsariyalik olimlar O. Pikard va P. Kipfer tomonidan amalga oshirildi.

TAVALLUDLAR:

1871-yil — Jorj Ruo — fransiyalik rassom, fovizm va ekspressionizm namoyandasi.
1897-yil — Jon Duglas Kokkroft — ingliz fizigi, fizika bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1923-yil — Genri Kissinjer — amerikalik davlat arbobi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1932-yil — Gennadiy Shatkov — sobiq ittifoq bokschisi, Olimpiya va ikki karra Yevropa chempioni.
1967-yil — Pol Gaskoyn — ingliz futbolchisi, yarim himoyachi, Yevropa chempionatining bronza medali sohibi.
1989-yil — Alena Zavarzina — rossiyalik snoubordchi, jahon chempioni.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation