Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Uily | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Uilyam Boing

1881-yilda tug‘ilgan Uilyam otasi izidan borib, Yell universitetining muhandislik fakultetiga o‘qishga kirgan. Otasi vafot etgach, 22 yoshli merosxo‘r o‘rmon biznesi bilan shug‘ullanishga qaror qilgan. Yell universitetida tahsil olganidan so‘ng, ma'lum muddat o‘rmon sanoatida mehnat qilgan va ayni shu yerda aeroplan yaratish borasida katta tajribaga ega bo‘lgan.

Keyinroq harbiy dengiz muhandisi Jorj Konrad Vestervelt ko‘magi bilan yaratilgan ikkita B&W gidrosamolyotning biri sinovdan o‘tkazilib, o‘sha yilning 15 iyulida Sietl shahrida Boing tomonidan “The Pacific Aero Products Company” kompaniyasiga asos solingan. Keyinroq kompaniya nomi “Boeing Airplane Company” deb o‘zgartirilgan.

Ayni paytda kompaniya zavodlari 67 ta mamlakat xududida joylashgan bo‘lib, o‘z mahsulotlarini 145 mamlakatga yetkazib beradi

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation