Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 20-may, Juma. Grigoriy taqvimi boʻyich | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 20-may, Juma.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 140-kuni.
Yil yakuniga 225 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon arilar kuni
Xalqaro klinik tadqiqotlar kuni
Indozneziyada shifokorlar kuni
Kambodjada xotira kuni
Saudiya Arabistonida Britaniya imperiyasidan mustaqil bo‘lish kuni

VOQEALAR:

1498-yil — Portugaliyalik dengizchi Vasko da Gama yevropaliklardan birinchi bo‘lib Afrikani aylanib o‘tib, Hindistonga keldi.
1851-yil — Kanadada mamlakatning birinchi pochta markalari chiqarildi.
1895-yil — Nyu-Yorkda birinchi tijoriy film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
1927-yil — Amerikalik uchuvchi Charlz Lindberg tomonidan birinchi to‘xtovsiz transatlantik parvoz boshlandi.
1995-yil — Qozog‘istonning Olma-ota shahrida O‘zbekiston kunlari ochildi.
1996-yil — Toshkentda “Yaqin Sharq va MarkaziY Osiyo madaniyatlarining o‘zaro boyish yo‘li” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1842-yil — Aleksandr Voyeykov — geograf, meteorolog, sayyoh, rus iqlimshunosligining asoschisi.
1851-yil — Emil Berliner — birinchi ovoz yozish uskunasi—grammofonni yaratgan nemis ixtirochi.
1882-yil — Sigrid Unset — norvegiyalik yozuvchi, 1928 yilgi “Nobel” mukofoti sohibasi.
1913-yil — Uilyam Xyulett — amerikalik muhandis, “Hewlett-Packard” kompaniyasining hammuassisi.
1923-yil — Sarvar Azimov — O‘zbekiston xalq yozuvchisi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation