Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Doro | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Doroti Xemill

Doroti 1976-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarida figurali uchish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritganidan keyin mashhurlikka erishgan.

Shundan so‘ng ko‘plab professional muz shoularida ishtirok etib, avtomobillar, qahva va shampun kabi turli xil mahsulotlar ishlab chiqaradigan bir nechta kompaniyalarning yuziga aylangan.

Ammo zargarlik buyumlariga juda ko‘p pul sarflash kabi yomon moliyaviy odati paydo bo‘lgan. 1993-yilda bankrot bo‘lgan “Ice Capades” muz shousini sotib olib, uni qayta rivojlantirgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Buning oqibatida 1996-yilda Doroti bankrot bo‘lganini e’lon qilgan. Ammo tushkunlikka tushmay, harakatda davom etgan.

Shundan so‘ng u “Konkidagi hayot: mening hikoyam” kitobini yozgan, bir nechta filmlarda suratga tushgan. Hozirda uning boyligi 5 million dollarni tashkil etadi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation