Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 15-may, Yakshanba. Grigoriy taqvimi bo | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 15-may, Yakshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 135-kuni.
Yil yakuniga 230 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro oila kuni
Xalqaro astronomiya kuni
Xalqaro iqlim kuni
Hindistonda daraxtlar kuni
Janubiy Koreyada o‘qituvchilar kuni
Paragvayda onalar kuni

VOQEALAR:

1618-yil — nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralar harakati qonunlarini kashf etdi.
1836-yil — F. Baley “Beyli nuqtasi”ni kashf etdi.
1851-yil — Nyu-York va Buyuk ko‘lni bog‘laydigan birinchi temir yo‘l qurib bitkazildi.
1905-yil — Las-Vegas shahriga asos solindi.
1928-yil — “Plane Crazy” multfilmida ilk marotaba Mikki Mous obrazi paydo bo‘ldi.
1935-yil — Moskva metropolitenining birinchi liniyasi ishga tushdi.

TAVALLUDLAR:

1845-yil — Ilya Mechnikov — rossiyalik biolog va immunolog, ilmiy gerontologiya asoschisi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1859-yil — Pyer Kyuri — fransiyalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1926-yil — Muxtor Sultonov — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri.
1932-yil — Jon Glen — ingliz kinorejissyori va montajchi, beshta “Jeyms Bond” filmining muallifi.
1989-yil — Syunnyove Sulemdal — norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation