Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Dary | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Darya Mingalieva

Jahon bozorini zabt etgan rus startapining asoschilaridan biri Darya Moskva davlat matbaa san’ati universitetida tahsil olgan. Uchinchi kursdan boshlab o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlab, bir necha yil yirik reklama kompaniyalarida badiiy direktor sifatida faoliyat yuritgan.

2014-yilda esa karerasini tashlab, yangi startap — sovet diafilmlari va raqamli multfilmlarini tomosha qilish imkonini beradigan kub shaklidagi ixcham, simsiz proyektor yaratishda ishtirok etgan. G‘oya muallifi maslahat uchun Dariyaga murojaat qilgan, ular 7 soat suhbatlashib, birgalikda biznes boshlashga kelishgan.

Startap bir guruh investorlardan 10 million dollar sarmoya jalb qilgan. Keyinroq, hali o‘xshashi bo‘lmagan AQSh bozoriga kirib, katta muvaffaqiyat qozongan. Sotish boshlanganidan beri startap doirasida 147 mamlakatda 60 000 kub sotilgan. 2019-yilda startapning aylanmasi 10 million dollarga yetgan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation