Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Liza | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Liza Voronkova

Liza Ukraina Milliy fanlar akademiyasi institutida ishlayotganida stress va biosignallar sohasidagi tadqiqotlarga qiziqib qolgan va “Force Emotion” startapini yaratgan. Dastlab uning jamoasi keksalar uchun taqiladigan qurilmalar bilan ishlagan va bitta shunday uskuna uchun 30 000 dollar ishlab topgan.

2017-yilda “Force Emotion” Amerikaning “Alximik” biznes-inkubatoriga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Startap AQShning “Philip Morris”, “Analog Devices”, “RGAx” kabi gigantlari va qariyalar uylari tarmog‘i bilan hamkorlik qila boshlagan.

Keyinchalik tadbirkor stressni yengishga yordam beradigan gadjet yaratishga qaror qilgan. Shunday qilib, foydalanuvchining stress darajasini 20 xil parametrlarga ko‘ra ko‘rsata oladigan soat paydo bo‘lgan.

2018-yilda startap 2500 ta qurilma sotgan va bir nechta yapon kompaniyalari bilan shartnoma imzolagan. Hozirda kompaniya “Emotion Labs” deb ataladi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation