Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 13-may, Juma. Grigoriy taqvimi boʻyich | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 13-may, Juma.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 131-kuni.
Yil yakuniga 234 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon kokteyl kuni
Butunjahon kelajak uchun texnologiya kuni
AQSHda olmali pirog kuni
Germaniyada otalar kuni
Braziliyada qullikni bekor qilish kuni

VOQEALAR:

1501-yil — Amerigo Vespuchchi boshchiligidagi ekspeditsiyaning G‘arbga sayohati boshlandi.
1895-yil — AQShda ixtirochi Nikola Teslaning laboratoriyasi yonib ketdi.
1991-yi — “Apple” korporatsiyasi “Macintosh System 7”ni sotuvga chiqardi.
1993-yil — Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuidi birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
1995-yil — Chirchiq shahrida shaharning 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi.
2003-yil — Atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1795-yil — Pavel Shafarik — chexiyalik filolog, slavyan tarixchisi, slavyan birligi g‘oyasi muallifi.
1857-yil — Ronald Ross — ingliz shifokori va parazitolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1879-yil — Nikolay Alekseyev — rus faylasufi, huquqshunos, yevroosiyosizm mafkurachilaridan biri.
1882-yil — Jorj Brak — fransuz rassomi, haykaltarosh, dekorativ, kubizm asoschilaridan biri.
1896-yil — Charlz Ferdinand Payu de Mortanj — gollandiyalik ot sporti ustasi, 4 karra Olimpiya chempioni.
1928-yil — Nikolay Cheryomuxin — ukrainalik harbiy shifokor, Chernobil AESdagi falokat zonasida qutqaruv ishlarining yetakchi tashkilotchilaridan biri.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation