Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 27-dekabr, Dushanba. Grigoriy taqvimi | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 27-dekabr, Dushanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 360-kuni.
Yil yakuniga 5 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Qirg‘izistonda pasport va viza xizmati xodimi kuni
Shimoliy Koreyada Konstitutsiya kuni
Rossiyada qutqaruvchilar kuni

VOQEALAR:

1831-yil — Charlz Darvin evolyutsiya nazariyasini ishlab chiqdi.
1938-yil — AQSH prezidenti Ruzvelt fuqarolik uchuvchilarni tayyorlash dasturi boshlanganini va mamlakat Harbiy-havo kuchlarining yordamchi fuqarolik tashkiloti — Fuqarolik havo patruli tuzilganini e’lon qildi.
1949-yil — Niderlandiya Indoneziya mustaqilligini tan oldi.
1990-yil — Rossiyada Rossiya Qutqaruv korpusi tashkil etildi (hozirgi Fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vazirligi).
2004-yil — Quyoshdan taxminan 50 000 yorug‘lik yili uzoqlikda o‘ta yangi yulduz portlashi qayd etildi.

TAVALLUDLAR:

1571-yil — Iogannes Kepler — nemis matematigi va astronomi, sayyoralar harakati qonunlari kashfiyotchisi.
1793-yil — Aleksandr Gordon Leng — shotland sayohatchisi, Afrika tadqiqotchisi, Timbuktuga birinchi bo‘lib yetib borgan yevropalik.
1848-yil — Jovanni Battista Pirelli — italyan muhandisi, tadbirkor, siyosatchi, “Pirelli” kompaniyasi asoschisi.
1860-yil — Karel Kramarj — chex siyosatchisi, mustaqil Chexoslovakiyaning birinchi bosh vaziri.
1934-yil — Larisa Latinina — sovet gimnastikachisi, 9 karra jahon, 1 marotaba Olimpiya va 7 karra Yevropa chempioni.
1985-yil — Telma Monteyro — portugaliyalik dzyudochi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, ko‘p karra Yevropa chempioni.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation