Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 26-dekabr, Yakshanba. Grigoriy taqvimi | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 26-dekabr, Yakshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 360-kuni.
Yil yakuniga 5 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Sloveniyada mustaqillik va birlik kuni
Bolgariyada otalar kuni
Namibiyada oila kuni
Solomon orollarida shukronalik kuni
Janubiy Afrikada yaxshi niyat kuni

VOQEALAR:

1783-yil — tarixdagi birinchi balandlikdan parashyut bilan sakrash namoyish etildi.
1812-yil — Napoleonning mag‘lub bo‘lgan armiyasi askarlari Rossiyani tark etdi.
1825-yil — Sankt-Peterburgdagi Senat maydonida qurolli qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi, keyinchalik u “Dekabristlar qo‘zg‘oloni” deb nomlandi.
1865-yil — Amerikalik Jeyms Meyson kofe idishini filtri bilan patentladi.
1898-yil — Mari va Per Kyuri birinchi marta radiy oldi.

TAVALLUDLAR:

1791-yil — Charlz Bebbij — britaniyalik matematik, birinchi analitik hisoblash mashinasi ixtirochisi.
1893-yil — Mao Szedun — sotsialistik inqilob rahbari, Xitoy Xalq Respublikasi asoschisi va raisi, Xitoy Kommunistik partiyasi raisi.
1982-yil — Aksel Lund Svindal — norvegiyalik tog‘ chang‘isichi, ikki karra Olimpiya va 5 karra jahon chempioni.
1986-yil — Ugo Lloris — fransuz futbolchisi, darvozabon, jahon chempioni.
1989-yil — Yoxan Bleyk — yamaykalik sprinter, estafeta bo'yicha ikki karra Olimpiya chempioni.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation