Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 21-dekabr, Seshanba. Grigoriy taqvimi | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 21-dekabr, Seshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 355-kuni.
Yil yakuniga 10 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Rossiyada rieltorlik kuni
Turkmanistonning birinchi Prezidenti Saparmurod Niyozovni xotirlash kuni
Isroilda o‘qituvchilar kuni
Filippinda Qurolli kuchlar kuni
AQSHda uysizlarni xotirlash kuni

VOQEALAR:

1846-yil — shotlandiyalik jarroh Robert Liston Yevropada birinchi marta jarrohlik operatsiyasi paytida narkozdan foydalandi.
1898-yil — Pyer va Mari Kyuri radiyni kashf etdi.
1913-yil — Artur Vinning birinchi 32 so‘zli krossvordi Nyu-York gazetasida chop etildi.
1988-yil — dunyodagi eng katta operatsion samolyotning prototipi bo‘lgan “An-225 Mriya” o‘zining birinchi parvozini amalga oshirdi.
1991-yil — MDHni tashkil etish to‘g‘risida Olmaota deklaratsiyasi imzolandi (Ukraina, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston rahbarlari tomonidan).

TAVALLUDLAR:

1773 - Robert Broun (1858) - britaniyalik botanik, Broun harakatini kashf qilgan.
1805 - Tomas Grem (1869) - shotland kimyogari, kolloid kimyo asoschilaridan biri.
1890 - German Jozef Myuller (1967) - amerikalik genetik, Nobel mukofoti sohibi (1946).
1896 - Konstantin Rokossovskiy (1968) - sovet harbiy qo‘mondoni, Sovet Ittifoqi Marshali, ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni.
1913 - Mansurov Rustam - O'zbekiston xalq artisti.
1914 - Rahmonov Mamajon - O'zbekistonda xizmat ko'rsattgan fan arbobi (1972), filologiya fanlari doktori (1961), professor (1965). 
1917 - Genrix Byol (1985) - nemis yozuvchisi, tarjimon, ssenariynavis, Nobel mukofoti sohibi (1972).
1945 - Ibrohimov Lekim - O'zbekiston xalq rassomi (2001), O'zbekiston Badiiy Akademiya akademigi (1999). 
1967 - Mixail Saakashvili - gruzin va ukrain siyosatchisi, Gruziya prezidenti (2004-2007, 2008- 2013).
1977 - Emmanuel Makron - fransuz siyosatchisi, Fransiyaning 25-prezidenti (2017-yildan).

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation