Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 14-dekabr, Seshanba. Grigoriy taqvimi | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 14-dekabr, Seshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 348-kuni.
Yil yakuniga 17 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Ukrainada Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarni qadrlash kuni
Hindistonda energiyani tejash kuni
Abxaziyada Lat fojiasi qurbonlarini xotirlash kuni
Turkmanistonda neft-gaz sanoati va geologiya xodimlari kuni
AQSHda Alabama shtati kuni

VOQEALAR:

1896-yil — Glazgoda dunyodagi uchinchi yerosti metro tizimi ishlay boshladi.
1900-yil — Maks Plankning kvant mexanikasi haqidagi taʼlimoti nashr etildi.
1939-yil — Qishki urush tufayli SSSR Millatlar Ligasidan chiqarib yuborildi.
1955-yil — Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Iordaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kambodja, Laos, Liviya, Nepal, Portugaliya, Ruminiya, Finlyandiya, Seylon BMTga qabul qilindi.
2004-yil — Dunyodagi eng baland Viaduk Miyo transport ko‘prigi ochildi.

TAVALLUDLAR:

1883-yil — Morixey Uesiba — yapon jangchisi, aykido maktabi asoschisi.
1895-yil — Jorj VI — Buyuk Britaniya qiroli.
1922-yil — Nikolay Basov — sovet fizigi, SSSR Fanlar akademiyasi va Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1937-yil — Pyotr Deynekin — SSSR va Rossiya Harbiy havo kuchlari bosh qo‘mondoni, armiya generali, Rossiya Qahramoni.
1956-yil — Xanni Venzel — lixtenshteynlik tog‘ chang‘isichi, 2 karra Olimpiya va to‘rt karra jahon chempioni

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation