Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 3-iyul, Dushanba. Grigoriy taqvimi bo | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!

Bugun 3-iyul, Dushanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 184-kuni.
Yil yakuniga 181 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro polietilien paketlardan voz kechish kuni
Myanmada ayollar kuni
Argentinada muhandislar kuni

VOQEALAR:

1835-yil — Pulkovskaya tog‘idagi Pulkovo rasadxonasining asosiy binosi ochildi.
1915-yil — Turkiyada birinchi qog‘oz pul muomalaga chiqarildi.
1927-yil — Qoraqalpog‘istondagi Beruniy tumani tashkil topdi.
1928-yil — birinchi televizorlar sotuvga chiqarildi. Ularning narxi 75 dollar.
1954-yil — Buyuk Britaniyada karta tizimi bekor qilindi.

TAVALLUDLAR:

1850-yil — Alfredo Keil — portugaliyalik bastakor, Portugaliya milliy madhiyasi musiqasi muallifi.
1858-yil — Charlz Shuxert — amerikalik geolog, paleontolog, paleograf, Yel universiteti professori.
1900-yil — Margarita Rudomino — sobiq ittifoq kutubxonachisi, hozirda uning nomini olgan chet el adabiyoti kutubxonasining asoschisi va birinchi rahbari.
1987-yil — Sebastian Fettel — nemis poygachisi, “Formula 1” ning to‘rt karra chempioni.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt