Get Mystery Box with random crypto!

#YoshlarKelajagimiz #5yil 2018-yilning 27 iyunida tashkil e | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

#YoshlarKelajagimiz #5yil

2018-yilning 27 iyunida tashkil etilgan “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi bugun 5 yoshda .

Ta’kidlashim kerakki, jamg‘armamiz o‘tgan yillar davomida tadbirkorlikka qiziquvchi ko‘plab yoshlarni qamrab oldi. Ular bilan birgalikda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga harakat qilib kelmoqdamiz. Bu yo‘lda dadil qadamlar tashlab, yorqin kelajak sari intilmoqdamiz.

Hozirgi kunga qadar erishgan barcha yutuqlarimiz jamoamiz vakillarining hamda siz kabi yoshlarning mehri va mashaqqatining natijasidir.

Fursatdan foydalanib, barcha yosh tadbirkorlarni jamg‘armaning 5 yilligi munosabati bilan muborakbod etaman!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram