Get Mystery Box with random crypto!

#Hamkorlik #Yosh_tadbirkorlar BMTning “O‘zaro hamkorlik | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

#Hamkorlik #Yosh_tadbirkorlar

BMTning “O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida Qirg‘izistonda 9-12 iyun kunlari “Agroxakaton” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yosh tadbirkorlardan iborat bo‘lgan O‘zbekistion delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir doirasida loyiha amalga oshirilayotgan hududlaridagi yosh tadbirkorlar AKT mutaxassislari bilan birga ishlagan holda o‘z bizneslari uchun innovativ yechimlar ishlab chiqishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Issiqko‘l sohilida o‘tkazilayotgan tadbirning birinchi hamda ikkinchi kunlari samarali hamda mazmunli o‘tdi.

Yuqoridagi video orqali bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt