Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 12-may, Juma. Grigoriy taqvimi boʻyic | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!

Bugun 12-may, Juma.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 132-kuni.
Yil yakuniga 233 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro hamshiralar kuni
Butunjahon obyektlarni boshqarish kuni
Tojikistonda Shoshmaqom kuni
Rossiyada ekologik ta’lim kuni

VOQEALAR:

1551-yil — Limada Amerika qit’asidagi ilk oliy o‘quv yurti — San-Markos universitetiga asos solindi.
1918-yil — Oʻzbekiston Milliy Universiteti tashkil topdi.
1930-yil — OʻzSSR Ichki ishlar komissarligining gazetasi ilk bor nashrdan chiqdi.
1992-yil — Oʻzbek davlat jahon tillari universiteti tashkil topdi.
1993-yil — Qirgʻiziston milliy valyutasiga ega boʻldi.

TAVALLUDLAR:

1803-yil — Yustus fon Libix — nemis kimyogari, ilmiy maktab asoschisi, agrokimyo asoschilaridan biri.
1823-yil — Jon Rassel Xaynd — ingliz astronomi, 10 ta asteroid, 2 ta kometa, bir nechta yulduzlarni kashf etgan olim.
1874-yil — Yakov Gakkel — rus va sobiq ittifoq muhandisi, samolyotlar va teplovozlar yaratuvchisi.
1874-yil — Klemens Pirke — avstriyalik pediatr, sil kasalligini aniqlash uchun teri testini ishlab chiqqan (Pirke reaktsiyasi) olim.
1895-yil — Uilyam Jiok — amerikalik fizik-kimyogar, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt