Get Mystery Box with random crypto!

“Safia”: Oilaviy tarixga ega boʻlgan qandolat doʻkonlari tarmo | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

“Safia”: Oilaviy tarixga ega boʻlgan qandolat doʻkonlari tarmogʻi tarixi

Bekzod Samigʻjanov — “Safia” kompaniyasi asoschilaridan biri bo‘lib, “Safia” — bu oilaviy biznes.

“Mening bobom Akmal Ayupov va buvim Muhayyo Qosimova qandolatchilik biznesini 2001-yilda tashkil etishgan. Ular sovet davridagi pechda pishirilgan teshikkulchalar, tvorogli bulochkalar va boshqa pishiriqlarni bozorda sotishgan. Ushbu mahsulotlarning retseptlari avloddan avlodga oʻtib, bizgacha yetib kelgan. Dastlab onam ham ularni ishlatgan. U bolaligidan pishiriqlarni yaxshi koʻrgan va ularni pishirish uning sevimli mashgʻulotiga aylangan.

Birinchi qandolat doʻkonini 2005-yilda Shifokorlar shaharchasida ochdik. Doʻkon onam Madina Ayupovaning sharafiga “Madinaning qandolat uyi” deb nomlangan edi, keyinchalik “ЦУМ"da savdo shaxobchasi paydo boʻldi. Shirinliklarni onam pishirar edi, biz aka-ukalar esa ularni sotishga yordam berardik. Biznesimiz oʻsa boshladi, ammo uning 2015-yilgacha maʼlum bir tizimi boʻlmagan, shuning uchun o‘sha paytlarda ishlash biroz qiyinlashardi. Oʻshanda biz bir narsani tushundik — biznesni yopish yoki uni oʻzgartirish kerak edi.

Shu bois yangi brend yaratishga qaror qildik, chunki Toshkentda boshqa koʻpgina pishiriq doʻkonlari ochilayotgan edi. Kompaniyamizni akamning qizi — jiyanim Safiya nomiga “Safia” deb nomlashga qaror qildik. Natijada, ikkita shaxobchamiz qandolat doʻkonlari tarmogʻiga aylandi”, — deydi Bekzod Samigʻjanov.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt