Get Mystery Box with random crypto!

Building for Peace Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik xalqaro s | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Building for Peace Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik xalqaro sammitda qantashish uchun toʻliq grant; joy — 5 ta!

Bu grant hamyonbop va barqaror uy-joy uchun innovatsiyalar hamda qochqinlar va zaif jamoalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga ijobiy hissa qoʻshayotgan 18-30 yoshli yetakchilarga Belfastdagi (Shimoliy Irlandiya) One Young World sammitida qatnashish imkonini beradi (ingliz tilida).

Sammit 2023-yil 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi. Jami 5 nafar yosh yetakchiga grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt