Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 4-may, Payshanba. Grigoriy taqvimi bo | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!

Bugun 4-may, Payshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 124-kuni.
Yil yakuniga 241 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro o‘t o‘chiruvchilar kuni
Butunjahon sovg‘a berish kuni
Butunjahon astmaga qarshi kurash kuni
Fijida yoshlar kuni

VOQEALAR:

1715-yil — Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlandi.
1904-yil — Angliyada Genri Roys va Charlz Rolls “Rolls-Roys” nomi ostida mashinalar ishlab chiqarishni boshladi.
1927-yil — AQShda “Oskar” mukofoti bilan taqdirlaydigan Kinematografiya akademiyasi tashkil etildi.
1996-yil — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi tashkil topdi.

TAVALLUDLAR:

1655-yil — Bartolomeo Kristofori — italiyalik musiqa asboblari ustasi, pianino ixtirochisi.
1776-yil — Yoxann Fridrix Gerbart — nemis faylasufi, psixologi va tarbiyachisi, boshlang‘ich estetika asoschisi.
1899-yil — Frits fon Opel — “Opel” kompaniyasiga tamal toshini qo‘ygan nemis avtosanoatchisi.
1929-yil — Odri Xepbern — “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan britaniyalik aktrisa va raqqosa.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt