Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Napo | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Napoleon Xill

“O‘yla va boyib ket” asari muallifi bo‘lgan Xill 1883-yilda Virjiniya tog‘larida tug‘ilgan. Bolaligidanoq so‘z san’atiga mehr qo‘ygan, kuzatishlari asosida hikoya va eslatmalar yozgan. Jorjtaun universitetining huquq fakultetiga kelganida, yosh talaba kichik mahalliy gazetada muxbir sifatida qo’shimcha pul ishlay boshlagan.

Jurnalistik qobiliyat va iste’dod bilan u bir zumda o‘quvchilar e’tiborini qozongan. Faoliyati davomida u Klarens Darrou, Genri Ford, Jon Pierpont Morgan, Charlz Shvab kabi taniqli shaxslar, shuningdek, AQShning uchta prezidenti bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan.

1933-yilda prezident Ruzvelt bilan tanishgach, uning shaxsiy maslahatchi lavozimini egallagan. 1952-yilda “Napoleon Xill uyushmasi” tashkil etilgan, shundan so‘ng Xill shaxsiy muvaffaqiyat falsafasini tarqatish va targ‘ib qilishda faol ishtirok etgan. 80 yoshida o‘zining “Shaxsiy yutuqlar akademiyasi” uchun masofaviy o‘qitish ta’lim dasturini tuzgan va umrining so’nggacha “muvaffaqiyat formulasi” haqida gapirib, o‘quv faoliyati bilan shug’ullangan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt