Get Mystery Box with random crypto!

Murojaatlarni koʻrib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Murojaatlarni koʻrib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor?

Qonunchilikka koʻra, quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik.

Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga 330 ming soʻmdan 990 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt