Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli vatandoshlar! Yurtimiz mehmonlari hamda aziz yoshlar! S | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Qadrli vatandoshlar! Yurtimiz mehmonlari hamda aziz yoshlar! Sizlarni “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda o‘z nomimdan musulmon olamining qutlug‘ ayyomi — Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman!

Barchangizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu barakot, oilaviy baxt-saodat va yurtimiz ravnaqi yoʻlida olib borayotgan xayrli ishlaringizda rivoj tilayman! Niyati pok, maqsadi ulugʻ xalqimizning shu tabarruk kunda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat boʻlsin!

Shirin kalom ulashish, mehr koʻrsatish, ota-onalarimiz duosini olish, tabassum bilan muomalada boʻlish kabi yuksak axloq namunalari moʻmin-musulmonning nafaqat ulugʻ ayyom kunlaridagi, balki kundalik hayotidagi ajralmas odobidir. Alloh taolo Ramazon oyida qilgan ibodatlarimiz va tavbalarimizni qabul qilsin! Yaratganning oʻzi hamisha sizu bizga madadkor boʻlsin!

Hurmat bilan “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram