Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Dmitriy Axunov

Qozog‘istonda yettita muassasa, Rossiyada bitta va O‘zbekistonda bir qancha loyihalar. Bu toshkentlik restorator Dmitriy Axunov tomonidan yaratilgan “AKHUNOV GROUP” konsalting kompaniyasi portfoliosi.

Bosh ofisi Moskvada joylashgan kompaniya MDH davlatlarining turli shaharlarida tayyor kafe, bar, restoranlarni yaratadi. 2021 yilning bahorida Dmitriy va uning hamkorlari Toshkentda o‘zining birinchi shaxsiy loyihasi — “Roni Pizza Napoletana” pitseriya tarmog‘ini ishga tushirgan.

“11-sinfda o’zimni maktab diskotekasida didjey sifatida sinab ko‘rdim. Keyinchalik bu mening birinchi kasbimga aylandi. Maktabni tamomlagacha qariyb 10 yil davomida Toshkentning tungi klublarida ishimni davom ettirganman. Keyin klubning art-direktori lavozimigacha ko‘tarilganman. 2006-yildan 2013-yilgacha shu yo‘sinda ishladim. Majburiyatlarimga marosimlar o‘tkazish, shou-dasturlarni tashkillashtirish, reklama va yurgizish kirar edi”, — deb eslaydi tadbirkor.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt