Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Helene Pelosse

Fransiyalik musiqachi Helene Pelosse singlisi bilan O‘zbekistonga qilgan ilk sayohatidayoq Buxoroni sevib qolgan va shu yerda mehmon uyi ochishga qaror qilgan. Biznesga sarmoya kiritish uchun Parij atrofidagi ko‘chmas mulkini sotgan va deyarli olti yil davomida mehmon uyini ishga tushirishga tayyorlangan.

Har bir xona (21 ta) Sharq bilan bogʻliq tarixiy shaxslar: Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bibixonim, Iskandar Zulqarnayn, Marko Polo nomi bilan atalgan. Mehmon uyi dastlab “Oasis d'Hélène” deb nomlangan, lekin keyinroq mahalliy hududga moslashtirishga kelishilgan — “Helene Oasis” nomi shunday paydo boʻlgan.

“Biz oʻtgan asrlar madaniyati izlarini oʻzida mujassam etgan eski uylarning goʻzalligini saqlab qolmoqchi edik. Shu bois rekonstruksiyaga bir paytlar buxorolik jadidlarning taniqli yetakchisi boʻlgan Fayzulla Xo‘jayevning uy-muzeyini restavratsiya qilgan uchinchi avlod ustasini taklif qildik”, — deydi tadbirkor.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | YouTube | Sayt | Twitter