Get Mystery Box with random crypto!

Sardor Yigitaliyev

Telegram kanalining logotibi yigitaliyevsardor — Sardor Yigitaliyev S
Telegram kanalining logotibi yigitaliyevsardor — Sardor Yigitaliyev
Kanal manzili: @yigitaliyevsardor
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum,
Men Sardor Yigitaliyev, raqamli dizayn sohasida faoliyat olib boraman.
Savol va takliflar uchun:
- @mysardor
Kasbim haqida batafsilroq ma'lumot qiziq bo'lsa:
- Website - www.7design.uz
- Telegram kanal - @uxeruz

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-02-28 00:27:49 Haaa endiii buu oddiy kinokuuuu degim keladi.



40 viewsedited  21:27
Ochish/sharhlash
2022-02-27 06:30:51 Muommolar

Uni hal qilish agar o'xshamasa undan voz kechish kerak.
Lekin u bilan yashamaslik kerakligini tushundim.

@yigitaliyevsardor
37 viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2022-02-25 18:30:58 Easy is boring

Oson va sen bilgan narsalar zerikarli bo'lib tuyulishi.
Zerikishni boshlagandan keyin yangi va nisbatan qiyinroq bilimlarni o'rganishga harakat qilib borilaveradi, va shu ketishda 'pro' darajaga chiqiladi. Zerikyabsanmi? Bu yahshi. Yangi bilimlar odamni zeriktirmaydi. Izlan, o'rgan. Izlanishning o'zi seni zerikish botqog'idan olib chiqadi. Sendan talab qilinadigan narsa bu faqat bir yo'nalishda ketish kerak holos. Aslida bu narsa majburiy emas, lekin shunisi yahshiligini o'zing ham bilasan albatta.

@yigitaliyevsardor
36 viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2022-01-17 20:32:06 Yo'qotishlar

Bu dunyoda hamma nimanidir yoki kimnidir yo'qotadi. Yo'qotish o'limga o'xshaydi. Ikkala holatda ham azoblanasan. O'limdan farqi, azoblanasan lekin o'lmaysan. O'ldirmaydigan azob esa odamni yanada kuchliroq qiladi.
Yo'qotganlarimizni o'ylab juda ezilamiz. Biroq shuni orqasidan kelgan tajriba va kuchni hech nima bilan sotib olib bo'lmaydi.

@yigitaliyevsardor
54 viewsedited  17:32
Ochish/sharhlash
2022-01-11 23:17:01 Kitob yozuvchilar

Blog yurgizishni boshlaganimdan beri (agar shunday deyish mumkin bo'lsa) yozuvchilarga bo'lgan hurmatim yanada oshdi. Chunki men 1 gapni 2-gapga eplab bog'lashga qiynalaman. Yozsam maksimal 5 varoq yozarman ilhomim kelib qolsa. Shunda ham uni o'qisa bo'ladimi va uni o'qigan odam biror foyda oladimi yo'qmi bilmayman to'g'risi. (Katta ehtimol bilan yo'q) Menimcha ko'pchiligimizda shunday.

Lekin katta katta kitoblarni yozgan insonlar, yozganda ham insonlarga tasir o'tkaza oladigan darajada tasirli qilib yozgan insonlar haqida o'ylasam shunchaki qoyil qolaman va shu sababdan ularga nisbatan hurmatim oshadi.

Bu postni adabiyot o'qituvchimiz ko'rsa nima derkinlar ? Chunki maktabda adabiyotdan uncha yahshi o'qimaganman, kitoblarga bo'lgan hurmatim keyinchalik uyg'ondi. Blog yurgizishni boshlaganimdan keyin esa yozuvchilarni ancha hurmat qila boshladim.

@yigitaliyevsardor
54 viewsedited  20:17
Ochish/sharhlash
2022-01-09 22:51:15 Ustoz.

Ustoz haqida anchadan beri yozmoqchi bo'laman, lekin so'z boyligim ustozni tariflash uchun kamlik qilaveradi har doim. Shuning uchun keling ustozlarni tariflamay. Uni o'rniga ustoz bu sizga qanday yahshi taraflari borligini aytsam (buni hech qanday yomon tarafi yo'q)

Birnichi va eng buyuk ustozlar bu so'zsiz ota onadir. Lekin hayotda boshqa ustozga ham muhtoj bo'lar ekan inson.

Insonlar orasidan o'zingiz uchun ham diniy tomonlama ham dunyoviy tomonlama o'rnak bo'la oladigan yahshi ustoz topishga harakat qiling. Ishonavering agar topsangiz qaysidir ma'noda hayotingizga ma'no kiradi u inson orqali. Qancha erta topsangiz shuncha yahshi menimcha. Rivojlanasiz faqat. Chunki ustoz shogirtini o'zidan ham kuchli bo'lishini xohlaydi va bunga harakat qiladi. Natijada ham inson sifatida ham o'z kasbingiz mutahasisi sifatida kamol topasiz. Yana ko'plab yahshi taraflari bor. Bularni o'zingiz bilib olasiz. Buning uchun o'zingizga yahshi ustoz toping.
Kim sizga yahshi ustoz bo'la olishini ayta olmayman, chunki har kimni o'z fikri, har kimni o'z dunyosi bor.

Ustozlarni boriga shukur.

@yigitaliyevsardor
47 viewsedited  19:51
Ochish/sharhlash
2021-11-27 20:07:43 O'zingda o'zgarish bo'lganini o'zgalarni o'zgartirmoqchi bo'lgan kuningdan boshlab sekin sekin his qilishni boshlar ekansan.
Ungacha faqat o'z haqingda o'ylab hech narsani sezmay yuraverarkansan.
Hissiz bo'lar ekansan

@yigitaliyevsardor
70 viewsedited  17:07
Ochish/sharhlash
2021-11-25 21:49:38 Dunyo yahshiliklarga va yahshi odamlarga to'la.
Shunchaki dunyo qarashni o'zgartirish kerak.
Odam qanday bo'lsa boshqa odamlarni ham shunday deb o'ylar ekan ko'pincha.
Yolg'onchi, qallob, o'g'ri odamlar boshqalarga ishonmaydi... va hokazo...
Faqat negativ fikrlasang atrofing negativlarga to'lib ketadi.
Pozitiv bo'l shunda hayot sen o'ylagandan ancha yahshiligini his qilasan.
Instagram storiesga yoki telegram profil rasmga har xil "dardli" statuslarni qo'yishni bas qil. Bu bilan faqat boshqalarni ko'ziga bechora va kuchsizdek ko'rinasan. Shunchaki maza qilib yasha.
Be positive.

@yigitaliyevsardor
61 viewsedited  18:49
Ochish/sharhlash
2021-11-22 15:40:44 O'rni kelganda kechishni va kechirishni bilish juda foydali bo'ladi asablar uchun.
Asabni asraymiz.
Ota onanmizga kerakmiz hali.

@yigitaliyevsardor
60 viewsedited  12:40
Ochish/sharhlash
2021-11-20 12:11:11 Metro

Avval boshida sershovqin joy bo'lib tuyulgandi va unchalik yoqmagandi.
Keyin sekin sekin moslashganimdan keyin yahshilab fikr qilsa bo'ladigan joylarimdan biriga aylandi
Quloqda "naushnik" bilan albatta.
Chunki internet degan narsa yo'q u joyda va hech kimni tanimaysiz, gaplashmaysiz, gaplashib maza qilmaysiz.

@yigitaliyevsardor
53 viewsedited  09:11
Ochish/sharhlash