Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsia haqida Hozirda odamlarda judayam kamayib ketayotga | Sardor Yigitaliyev

Motivatsia haqida

Hozirda odamlarda judayam kamayib ketayotgan va juda ko'plab odamlar qidirayotgan narsa motivatsia menimcha.
Ayniqsa ohirgi yillarda shu mavzu judayam ko'p muhokamalarga sabab bo'ldi va hamma joyda motivatsiani qayerdan, qanday, kimdan olish kerak degan va shunga o'xshash savollar ancha ko'paydi.

Odamlarga qaysidir ma'noda ''motivatsia berish'' orqali pul topadiganlar ham ko'payib qoldi. Har xil traininglar, tadbirlar shu mavzuga bag'ishlanadigan bo'ldi.
Chunki ta'lab bor, ya'ni odamlar shuni xohlashadi va shunday traininglar uchun pullarini ayashmay sarflashadi.
Traininglarga qarshiligim yo'q qachonki u haqiqatda foydali bo'lsa, lekin uni motivational training bo'lishi men uchun g'alati.

Sababi biz musulmonmiz va bizda bunday xolat bo'lishi men uchun uyatdek tuyuladi. Yani biz bir musulmon o'laroq, hayotda tushkunlikka tushib qolishimiz, hayotda ishonchsiz yashashimiz noto'g'ri deb o'ylayman. Agar shunday xolatda bo'lsak buni har xilgi odamlardan, traininglardan qidirishimiz kerak emas, aksincha o'zimizdan qidirishimiz, iymonimiz zararlanmaganinga e'tibor qilishimiz kerak. Allohga ishonsak shuni o'zi bizga katta ishonchni beradi. Shuni tushunib yetgan kunimizdan boshlab biz hech kimdan motivatsia olishni kutmaymiz.

E'tibor bersak bu mazvu bizga kirib kelishidan oldin g'arb davlatlarida asosan musulmon bo'lmagan odamlar orasida juda mashhur va hozirgacha shunday hisoblanadi. Aynan shu mavzularda ularda judayam ko'plab kitoblar, maqolalar yozilganini hech kim inkor qilmasa kerak. Bizdagi shu mavzuga oid kitoblarning ham katta qismi va eng mashhurlari ham aynan chet elning tarjima qilingan kitoblar hisoblanadi. Nega bunday degan savol tug'ilsa ishonamanki bunga javob bitta va aniq ularning musulmon emasliklarida deb bilaman. Chunki musulmon odam hech qachon umidsiz bo'lmaydi.

@yigitaliyevsardor